Qaysi kasb egasi bo`lmoqchisiz?

Hisobchi
Tarjimon
Injener
Yurist
Shifokor
O`qituvchi
           
MAKTABDAN MAXSUS TAKLIF
8-MAKTAB IJTIMOIY-GUMANITAR VA ANIQ FANLAR BO'YICHA CHUQURLASHTIRILGAN SINFLARGA O'QISHGA TAKLIF ETADI
DSC_0302

batafsil

Kechadan o`rgan, bugun yasha, ertaga ishon. Eng asosiysi ilm o`rganishdan to`xtama.

 

Bugun %d %M
%h:%m
Главная \ TESTLAR

TESTLAR

Qaysi kasbga moyilligingizni bilasizmi?

 

(L.Yovaysh -G.V.Rezapkina testi)

 

Hurmatli o’quvchi! Qaysi kasbga moyilligingizni bilmoqchi bo’lsangiz, taqdim etilayotgan savollarga javob bering va o’zingiz moyil bo’lgan kasb haqida bilib oling. Test topshiriqlarini o’qing va o’zingizga mos kelgan javoblardan birini tanlang.

 

  1. Sizga  quyidagilardan qaysi birini  amalga oshirish yoqadi?

 

     A.  har xil insonlar bilan  muloqot qilish;

 

     B. kinoga tushish, kitob o’qish, rasm chizish va nutq so’zlash;

 

     C. hisob-kitob bilan shug’ullanish, hujjatlar bilan ishlash

 

.    2.Sizni kitob va kinofilmlarning  qaysi jihatlar ko’proq  o’ziga jalb etadi?

 

A. muallifning fikrini o’qish;

 

B.asarning badiiy shakli, yozuvchi va  rejissyorning mahorati;

 

C.asar mazmuni va  qahramonlarning harakatlari.

 

3.Siz  Nobel mukofotini ko’proq qaysi soha xodimlariga bergan ma’qul deb hisoblaysiz?

 

 A.ijtimoiy soha xodimlariga;

 

B.fan  xodimlariga;

 

C.san’at  xodimlariga;

 

     4.Siz  quyidagi qaysi kasb egasi bo’lishni  xohlaysiz?

 

  A.bosh  mexanik;

 

  B.kon qidiruv ekspeditsiyasi boshlig’i;

 

  C.bosh hisobchi.

 

      5.Kelajakda  insonlar taqdiriga qaysi soha ko’proq ahamiyatga ega bo’ladi, deb hisoblaysiz?

 

  A.insonlarning bir-birlarini tushunishlari;

 

  B.ilmiy kashfiyotlar;

 

  C.ishlab chiqarishning rivojlanishi.

 

   6.Agar siz rahbar bo’lib qolsangiz, birinchi navbatda  ishni nimadan boshlagan bo’lardingiz? 

 

  A.ahil va  hamjihat jamoa tuzardim;

 

  B.ta’limning yangi texnologiyalar bilan ishlab chiqarishni uyg’unlashtirardim; 

 

  C.hujjatlar yuritishni  tartibga solardim;

 

       7.  Avtomobillar  ko’rgazmasidagi nima sizni  ko’proq qiziqtiradi?

 

  A.avtomobillarning  ichki  tuzilishi;

 

  B.avtomobillardan amaliy foydalanish;

 

  C.avtomobillarning  tashqi ko’rinishi  (rangi, dizayni)

 

       8.Siz insonlardagi quyidagi qaysi  fazilatlarni  qadrlaysiz?

 

  A.do’stlik va  g’amxo’rlikni;

 

  B.jasurlik va bardoshlilikni;

 

 C.mas’uliyat va batartiblikni.

 

      9.Bo’sh vaqtingizda quyidagi  ishlarning qaysi  biri bilan shug’ullanishni xohlaysiz?

 

  A.har xil tajribalar va  sinovlar o’tkazish;

 

 B.she’r yozish, musiqa bastalash va rasmlar chizish;

 

  C.jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish.

 

      10.Agar xorijga safar qilishingizga to’g’ri kelsa, siz ko’proq nimaga  e’tibor qaratgan bo’lardim?  

 

  A.boshqa mamlakatlar tarixi va madaniyati bilan tanishishga;

 

  B.alpinizm va tog’ chang’i sporti bilan tanishishga;

 

  C.tadbirkorlar  faoliyati bilan tanishishga.

 

     11.Sizni quyidagi qaysi suhbat mavzusi ko’proq qiziqtiradi?

 

       A.insonlar o’rtasidagi munosabat;

 

       B.yangi ilmiy farazlar;

 

       C.mashina va kompyuterning yangi modeli haqidagi  

 

    12.Siz maktabdagi quyidagi tugaraklardan qaysi biriga ishtirok etishni xohlaysiz?

 

    A.texnika;

 

    B.musiqa;

 

    C.sport.

 

    13.Siz maktabda  asosiy e’tiborni quyidagilardan qaysi biriga qaratish kerak deb hisoblaysiz? 

 

  A.o’qituvchi bilan o’quvchi munosabatlarini yaxshilashga;

 

  B.o’quvchilarni sport bilan shug’ullantirish va ularni salomatligini yaxshilashga;

 

  C.tartib-intizomni yaxshilashga.

 

    14.Sizga  quyidagi yo’nalishdagi ko’rsatuvlardan qaysi birini tomosha qilish yoqadi? 

 

  A.ilmiy –ommabop filmlar;

 

  B.san’at va madaniyat haqidagi dasturlar;

 

  C.sport dasturlari.

 

    15.Sizga quyidagi  qaysi  kasb egasi bo’lish yoqadi? 

 

  A.bolalar yoki o’smirlar tarbiyachisi;

 

  B.mashinalar va mexanizmlar bilan ishlovchi usta;

 

  C.tabiat hodisalarini o’rganuvchi.

 

  16.Quyidagi masalalardan qaysi birini maktabning eng asosiy vazifasi deb bilasiz?  

 

    A.o’quvchini odamlar bilan muomala qilishga o’rgatish;

 

    B.o’quvchiga bilim berish ;

 

    C.o’quvchini mustaqil ishlashga o’rgatish .

 

      17.Sizningcha, inson yaxshi hayot kechirishi uchun quyidagilardan qaysi biri muhim? 

 

 A.ijod bilan shug’ullanishi;

 

 B.sog’lom turmush tarziga ega bo’lishi;

 

 C.rejali ish yuritishi.

 

 18. Davlatning birinchi navbatda vazifasi: 

 

  A.fuqorolarning manfaat va huquqlarini himoya qilishi;

 

  B.fan va texnikada yutuqlarga erishishni ta’minlashi;

 

 C.fuqorolarning moddiy farovonligini ta’minlashi.

 

     19. Sizga  quyidagi predmetlardan qaysi biri ko’proq yoqadi?

 

 A.mehnat

 

 B.jismoniy tarbiya

 

 C.matematika

 

   20.  Sizga quyidagi  ish bilan shug’ullanish qiziqarlimi?

 

 A.tovarlar savdosi bilan shug’ullanish;

 

 B.tovar ishlab chiqarish;

 

 C.tovar ishlab chiqarishni rejalashtirish.

 

     21.Sizga qaysi mavzudagi maqolani o’qish yoqadi?    

 

 A.buyuk olimlar va ularning kashfiyotlari haqida; ;

 

 B.qiziqarli ixtirolar haqida;

 

 C.yozuvchilar, rassomlar, musiqachilar hayoti va ijodi haqida.

 

   22.Siz bo’sh vaqtingizda quyidagilardan q bilan mashg’ul bo’lishni yoqtirasizmi?

 

 A.o’qish, fantaziya qilish va fikrlashni;

 

 B.nimanidir tuzatish, tikish va hayvonlarni parvarishlashni;

 

 C.ko’rgazmalarga, konsertlarga va muzeylarga borishni.

 

23. Siz bo’sh vaqtingizda quyidagilardan qaysi biri bilan mashg’ul bo’lishni yoqtirasiz?

 

 A.ilmiy kashfiyotlar haqida

 

 B.badiiy ko’rgazmalar haqida

 

 C.iqtisodiy vaziyatlar haqida

 

24.  Sizga quyidagi ish joyilaridan qaysi birida ishlash yoqadi?

 

 A.odamlar gavjum bo’lgan binoda

 

 B.g’ayri-tabiiy  sharoitda ;

 

 C.oddiy xonada

 

                                                        

Test natijalari

 

Agar sizning javobingizda qaysi guruh  natijalari ustunlik qilgan bo’lsa,  siz o’sha guruh kasblariga moyil sanalasiz.

 

 

 A-guruh.  Odamlar bilan ishlashga  moyillik.

 

              

 Sizga boshqaruv, ta’lim-tarbiya, aholiga xizmat ko’rsatish sohalari bilan bog’liq, masalan, maishiy xizmat ko’rsatish xodimi,   tibbiyot xodimi, axborot-ma’lumot to’plash va tarqatish bo’yicha xodim va shu singari  kasblarni tanlash maqsadga muvofiq. Sizda odamlar bilan muloqot o’rnatishga,  har xil insonlar bilan tez do’stlashib ketish layoqatiga, odamlarning kayfiyatini tushunadigan va shunga mos muomala qila oladigan kishilar toifasiga kirasiz.

 

 B-guruh.Tadqiqotchilikka moyillik.

 

              

Siz ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishga yo’naltirilgan kasblarni tanlashsangiz bo’ladi. Sizda maxsus bilimlarni o’zlashtirishga layoqatlilik bilan bir qatorda, maqsadli ishlashni, muammolar ustida mulohazalashni, bevosita xulosa chiqarishni va tahlil qilishni yoqtiradigan insonsiz.   

 

V-guruh. Amaliy faoliyatga moyillik.

 

              

Sizga ishlab chiqarish va tovarlarga ishlov berish; mashina mexanizmlari va asbob-uskunalarni to’plash hamda yig’ish; elektron va mexanik jihozlarni ta’mirlash va ularga ishlov berish; binolarni qurish va ta’mirlash; transportlarni boshqarish sohalari bilan bog’liq  kasblarni tanlashingiz muhim.

 

G-guruh. Estetik faoliyat bilan shug’ullanishga moyillik.

 

              

Siz ijodkorsiz. Siz tasviriy san’at, musiqa, badiiy-adabiy, aktyorlik va sahnada ishlash layoqatiga egasiz. Sizga musiqa, adabiyot, aktyorlikka xos maxsus qobiliyatlardan tashqari  mustaqil va o’ziga xos  fikrlay olasiz.

 

D-guruh.Ekstremal faoliyat turlari bilan shug’ullanishga moyillik.

 

              

  Siz sportga, sayyohatga, qidiruv ekspeditsiya ishlariga, muhofaza va operativ–qidiruv faoliyati hamda harbiy xizmatchi bo’lishga  layoqatlisiz. Siz jismoniy jihatdan sog’lom va irodaliy inson bo’lishni muhim deb bilasiz.

 

E-guruh.Rejalashtirish-iqtisodiy faoliyatlarga  moyillik.

 

              

  Siz  hisobchi, iqtisodchi, matnlarni tahlil etish va ularni  tahrir etish, (muharrir, tarjimon, tilshunos), binolar  tarxini chizish (chizmachi, topograf) bilan bog’liq ishlarni qiynalmasdan o’zlashtira olasiz. CHunki siz ishni tizimli,  puxta va batartib bajarishga moyilsiz.

Maktab yangiliklari
01.04.2013

YAQIN KUNLARDA MAKTABIMIZDA "MAKTAB PREZIDENTLIK KENGASHI"  TASHKIL ETILADI. BARCHA TAYYORGARLIK ISHLARI YAKUNIY BOSQICHDA. OZ FURSATDA MAKTABIMIZ PREZIDENTI VA 50 KISHIDAN IBORAT "MAKTAB PREZIDENTLIK KENGASHI" A`ZOLARINI BILIB OLAMIZ. "MAKTAB PREZIDENTLIK KENGASHI" NIZOMI BILAN YUQORIDA TANISHISH MUMKIN.