Qaysi kasb egasi bo`lmoqchisiz?
MAKTABDAN MAXSUS TAKLIF
8-MAKTAB IJTIMOIY-GUMANITAR VA ANIQ FANLAR BO'YICHA CHUQURLASHTIRILGAN SINFLARGA O'QISHGA TAKLIF ETADI batafsil
|
Kechadan o`rgan, bugun yasha, ertaga ishon. Eng asosiysi ilm o`rganishdan to`xtama.
Savol-javoblar
IXTISOSLASHGAN VA ODDIY MAKTAB: farq nimada? SAVOL: - Ixtisoslashtirilgan maktab bilan oddiy maktab o`rtasidagi asosiy farq nimalarda namoyon bo`ladi? Ixtisoslashtirilgan sinf bilan oddiy sinflarning o`ziga xosliklari haqida ma'lumot bersangiz? Z.KARIMOVA, uy bekasi Navoiy shahri
JAVOB: - Ixtisoslashtirilgan maktablarga o`quvchilar iqtidoriga ko`ra, ma'lum fanga yo`naltirilgan ta'lim muassasalari (yoki sinflar)ga sinov asosida qabul qilinadi. Chuqurlashtirilib o`qitiladigan fanlarga oddiy maktablarga nisbatan haftasiga ko`proq soat ajratiladi va ushbu fanlar guruhlarga bo`lib o`qitiladi. Fanlarni o`qitishda faqat oliy va birinchi malaka toifasiga ega bo`lgan o`qituvchilar dars o`tishi belgilangan. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi 173-sonli qaroriga asosan chuqurlashtirilgan fanlardan dars o`tadigan o`qituvchilar va maktab rahbar xodimlarining oylik maoshiga davlat tomonidan o`rnatilgan tartibda belgilangan miqdorda ustama haq beriladi.
QANDAY BOLA 6 YOSHIDA MAKTABGA BORADI? SAVOL: - Farzandi olti yoshgacha bo`lgan har bir ota-ona o`z jigarbandini aqlli deb biladi va uni maktabga qabul qilishlarini so`raydi. Lekin 6 yoshlilarning ma'lum qismigina 1-sinfga qabul qilinadi. Bu jarayon qanday kechadi? Dilorom AHMEDOVA, Buvayda tumani, Uzun mahalla, uy bekasi
JAVOB: - Albatta, har bir ota-ona o`z farzandining barcha sohalarda birinchi bo`lishini xohlaydi. Shu sababli unga yozish va o`qishni o`rgatib, olti, hattoki besh yoshdan maktabga qabul qilishlarini so`rab murojaat qiladilar. Maktabga qadam qo`yayotgan bugungi kunning bolasidan fikrlash ko`nikmasi, yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, yangi muhitga moslashish ko`nikmasi, voqea-hodisalarni mustaqil ravishda tahlil etishi bilan bir qatorda uning maktab ta'limiga shaxsiy-irodaviy, ma'naviy, intellektual, ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorligi talab etiladi. Bolaning maktabda samarali ta'lim olishi uchun unga o`qishni va yozishni o`rgatish unchalik muhim emas. Asosiysi, bolaning lug`at boyligini oshirish, undan ongli va faol foydalana olishi, tovushni tiniq eshitishi, aniq talaffuz qilishi, ularni so`zlardan ajrata bilishi, matematik tasavvurlarni egallashiga erishishidir. Agar bolada qo`l mushakchalari yetarli darajada rivojlangan bo`lsa, u maktabda 2-3 oy davomida yozish texnikasini qiyinchiliksiz egallab oladi. Ijodiy imkoniyatlarga ega bo`lgan bola yangi o`quv materialini mustaqil tushunib yetishga, izlanish faoliyatiga, pedagoglar va tengdoshlari bilan o`zaro munosabatlarni o`rnatishga tayyor bo`ladi. U bilishga qiziquvchan, faol, tashabbuskor bo`lib, kattalar tomonidan taklif etilgan topshiriqlarni bajaribgina qolmasdan, o`zi ham boshqalar oldiga yangi vazifalarni qo`yadi. Olti yoshli bolalarning maktabga qabul jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi: O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi va Sog`liqni saqlash vazirliklarining 2006 yil 5 yanvardagi 2/1-sonli qo`shma buyrug`i bilan tasdiqlangan "Olti yoshli bolalarning tibbiy ko`rigi to`g`risidagi Nizom" asosida har yili 1 fevraldan 30 aprelgacha har bir tuman (shahar) xalq ta'limi va sog`liqni saqlash bo`limlari hamkorligida tibbiy muassasalarda ishlab turgan tor doiradagi (pediatr, nevropatolog, bolalar jarrohi, ortoped, oftalmolog, stomatolog, endokrinolog, logoped va psixonevrolog) mutaxassislardan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan olti yoshli bolalarning tibbiy ko`rigi o`tkaziladi. May-avgust oylarida esa tuman xalq ta'limi bo`limida 6 yoshli bolalarga maktabga tavsiya berish bo`yicha psixologik-pedagogik tashxis komissiyasi tuziladi. Mazkur komissiya Xalq ta'limi vazirligining 2006 yil 17 martdagi 60-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan "Olti yoshli bolalarning psixologik-pedagogik tashxis komissiyalari to`g`risida"gi Nizom asosida faoliyat ko`rsatadi. Komissiyaga tibbiy ko`rik natijasida mutlaq sog`lom deb topilgan bolalar kiritiladi. Ota-onalar psixologik-pedagogik tashxis komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: - ariza; - yashash joyidan ma'lumotnoma; - tug`ilganligi haqida guvohnomaning nusxasi; - bolaning tibbiy ko`rik xulosasi. Mazkur komissiya xulosasiga ko`ra, 6 yoshli bolalar maktabga tavsiya etiladi. Shunga muvofiq komissiyaga kelgan 6 yoshli bolaga quyidagi talablar qo`yiladi: - predmetlarni guruhlashtirish, umumlashtirish; - predmetlarning fazoda, makonda joylashishini bilish; - qo`l motorikasining rivojlanganligi; - diqqat, xotira, sezgi, tafakkur, idrok, xayol kabi bilish jarayonlarining rivojlanganlik darajasi yuqori bo`lgan olti yoshli bolaga maktabda ta'lim olishi uchun tavsiya beriladi.
MAKTAB UCHUN SOVG`A MAJBURIYMI? SAVOL: - Bitiruvchi sinf o`quvchisi o`quv yili yakunida maktab uchun biror qimmatbaho sovQa berishi yoki biror yumush bajarib berishi majburiymi? Bu holatlar qonun doirasida qanday hal qilinishi darkor? Q.UZOQOVA, o`qituvchi
JAVOB: - Bitiruvchi sinf o`quvchisi maktab uchun har qanday ko`rinishdagi sovg`a berishi yoki yumush bajarib berishi biror bir me'yoriy hujjatda belgilanmagan va bitiruvchi bunga majbur emas.
|