Qaysi kasb egasi bo`lmoqchisiz?

Hisobchi
Tarjimon
Injener
Yurist
Shifokor
O`qituvchi
           
MAKTABDAN MAXSUS TAKLIF
8-MAKTAB IJTIMOIY-GUMANITAR VA ANIQ FANLAR BO'YICHA CHUQURLASHTIRILGAN SINFLARGA O'QISHGA TAKLIF ETADI
DSC_0302

batafsil

Kechadan o`rgan, bugun yasha, ertaga ishon. Eng asosiysi ilm o`rganishdan to`xtama.

 

Bugun %d %M
%h:%m
Главная \ TARBIYA JARAYONI \ MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT

MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

MILLIY G’OYA TARG’IBOTI VA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH TO’G’RISIDA

Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg’ularini chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Bu borada tegishli idora va tashkilotlar, jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda uning joylardagi bo’limlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilayotganini qayd etish lozim.

SHu bilan birga, xalqaro maydonda mafkuraviy, g’oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi ushbu sohadagi ishlarni, jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining faoliyati va tarkibiy tuzilishini qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda.

Mamlakatimizda milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini, ularning hayotiyligi va ta’sirchanligini yanada oshirish maqsadida hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig’ilishida bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda:

1. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga raislik qilish, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimlariga esa hududiy kengashlarga rahbarlik qilish vazifasi yuklatilsin.

2. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shtatlar jadvaliga qo’shimcha ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yordamchisi shtati (jami 14 ta shtat birligi) kiritilsin.

3. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining tarkibiy tuzilishi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi huzuridagi Milliy mafkura ilmiy targ’ibot markazi o’rniga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining ilmiy-amaliy yo’nalishida faoliyat olib boradigan, davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tashkil etilsin.

Quyidagilar Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining asosiy vazifasi etib belgilansin:

milliy g’oya va mafkura masalasi bilan bog’liq dolzarb masalalarni, bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ustuvor yo’nalishlarni aniqlash, ularning aholi turlari qatlamlariga ta’sirini o’rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo’lgan zararli g’oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish;

xalqimizning ko’p asrlik ma’naviyati va milliy qadriyatlari, diniy qarashlari va hayotiy udumlariga, yoshlarimizning ongini zaharlab, ma’naviy jihatdan qaram etishga qaratilgan mafkuraviy harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish bo’yicha ilmiy-amaliy dasturlarni ishlab chiqish;

fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog’lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash, ularning ongli yashashga, o’z fikriga ega bo’lishga, turli ma’naviy tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo’lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga yo’naltirilgan amaliy tavsiyalar tayyorlash. Bu borada ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlarining ta’sirchanligini ta’minlaydigan zamonaviy axborot texnologiyalari va mexanizmlarini, jamiyatimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ishlab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratish;

o’z faoliyati doirasida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar natijalarini, tahliliy materiallarning xulosalarini ommaviy axborot vositalari, jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining nashr organlari — «Tafakkur» va «Jahon adabiyoti» jurnallari, «Ma’naviyat» nashriyoti orqali muntazam ravishda chop etib, keng jamoatchilikka yetkazish.

5. Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining amaliy targ’ibot yo’nalishida faoliyat olib boriladigan Respublika Ma’naviyat targ’ibot markaziga aylantirilsin.

Quyidagilar Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:

Ma’naviyatning ma’no-mohiyati, milliy ma’naviyatimizning qadimiy ildizlari noyob va betakror namunalari, bugungi kundagi rivojlanish tamoyillari haqida aniq maqsadga qaratilgan targ’ibot ishlarini muntazam ravishda olib borish;

aholining keng qatlamlari, avvalambor, yoshlar o’rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini har tomonlama olib borishga yo’naltirilgan suhbat va uchrashuvlar, ma’rifiy tadbirlar o’tkazish;

bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari, keng ko’lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha sharhlash va tushuntirish, yurtimizga qarshi qaratilgan g’oyaviy va informatsion xurujlar, ularning ortida turgan kuchlarning g’arazli maqsadlarini fosh qilish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, olimlar siyosatini va mutaxassislar, ijodkorlar, ziyolilar ishtirokida joylarda samarali targ’ibot tizimini yo’lga qo’yish;

ota-ona, oila, mahalla, tarixiy xotira, milliy g’urur, komil inson tarbiyasi bilan bog’liq tuyg’u va tushunchalarni yosh avlod qalbi va ongiga ta’sirchan usul va uslublar orqali singdirish, ajdodlarimizning bu boradagi merosini bugungi taraqqiyot talablari bilan uzviy holda rivojlantirish, targ’ibot ishlarini milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg’unligi asosida tashkil etish;

yurtdoshlarimizni muqaddas islom dini va falsafasi, aziz-avliyolarimizning ibratli hayoti, qutlug’ qadamjolariga boshqa diniy konfesiyalariga nisbatan hurmat-ehtirom va bag’rikenglik ruhida tarbiyalash, jamiyatimizda sog’lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o’zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo’yicha ma’naviy-ma’rifiy dasturlarni amalga oshirish.

6. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi 15 kun muddatda Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi hamda Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazining dastur va nizomlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

7. Toshkent shahar hokimligi Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi, Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi hamda «Tafakkur» jurnali tahririyatini Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uyga joylashtirilsin.

8. O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazini xizmat telefonlari, jumladan, hukumat telefoni, internet, boshqa aloqa va axborot vositalari bilan belgilangan tartibda ta’minlansin.

9. Moliya vazirligi:

Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi faoliyatini moliyalashtirish, uni zarur idoraviy jihozlar, kompyuter texnikasi va boshqa asbob-uskunalar bilan ta’minlash, markazning ilmiy-tadqiqot natijalari, dolzarb ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi kitob, risola, dastur, qo’llanma va boshqa matbaa mahsulotlarini nashr etish bilan bog’liq xarajatlar uchun 2007 yildan boshlab davlat byudjetidan mablag’ ajratilishini ko’zda tutsin;

Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi uchun bitta yengil avtomobilga limit ajratsin.

10. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Adliya vazirligiga hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga qarordan kelib chiqadigan o’zgartirish va qo’shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH.Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006 yil 25 avgust,

PQ-451-son

 

 

 

 

 

 

 

 

Maktab yangiliklari
01.04.2013

YAQIN KUNLARDA MAKTABIMIZDA "MAKTAB PREZIDENTLIK KENGASHI"  TASHKIL ETILADI. BARCHA TAYYORGARLIK ISHLARI YAKUNIY BOSQICHDA. OZ FURSATDA MAKTABIMIZ PREZIDENTI VA 50 KISHIDAN IBORAT "MAKTAB PREZIDENTLIK KENGASHI" A`ZOLARINI BILIB OLAMIZ. "MAKTAB PREZIDENTLIK KENGASHI" NIZOMI BILAN YUQORIDA TANISHISH MUMKIN.