Qaysi kasb egasi bo`lmoqchisiz?
MAKTABDAN MAXSUS TAKLIF
8-MAKTAB IJTIMOIY-GUMANITAR VA ANIQ FANLAR BO'YICHA CHUQURLASHTIRILGAN SINFLARGA O'QISHGA TAKLIF ETADI
![]() batafsil |
Kechadan o`rgan, bugun yasha, ertaga ishon. Eng asosiysi ilm o`rganishdan to`xtama.
Bugun %d %M
%h:%m
Главная
\
MAKTAB PREZIDENTLIK KENGASHI
![]() ![]() MAKTAB PREZIDENTLIK KENGASHIMaktab prezidentlik kengashi O`quvchilar orasida o`z-o`zini boshqarish tizimini tashkil etish.
1 Maktab prezidentlik kengashi tashkil etilishidan maqsad maktab o’quvchilarini maktab pedagogik jamoasi bilan hamkorlikka jalb etish , o’z-o’zini boshqarishni rivojlantirish. 1.2 Prezidentlik kengashining faoliyati maktabning Kamolot YOIH, sinf rahbarlar metod birlashmasi va maktab kengashi bilan hamkorlikda olib boriladi. 2 Maktab prezidentlik kengashini tashkil etish. 2.1 Maktab prezidentlik kengashiga sinflarda saylangan faol o’quvchilar kiradi. (sinfdan 2kishi ) 2.2 Prezidentlik kengashining maqsad va vazifasiga qarab vazirliklarga bo’linadi. 2.3 Prezidentlik kengashining har bir a’zosi amalga oshirilgan ishlar bo’yicha oyida 2 marotaba hisobot beradi. 2.4 Maktab prezidentining saylovi “Saylov” o`yini natijasida aniqlanadi, prezidentlikka nomzod saylovda o`z dasturi asosida ishtirok etadi, saylovlar oshkoralik prinsipi asosida o`tkaziladi. 2.5 Maktab prezidentligiga 8-9-sinf o’quvchilari o’z nomzodligini qo’yishi mumkin. 2.6 Maktab prezidentlik kengashi: - Prezidentlik kengashining yillik ish rejasini tuzadi; - Maktab kengashini va “Kamolot” YoIH vazifalarini ijro etilishini tashkil etadi; - “Kamolot” YoIH va sinf jamoalari o`rtasidagi hamkorlik faoliyatini taminlaydi; - Sinflarning qilingan ishlar yuzasidan hisobotlarini qabul qiladi; - “Chorak sinfi”, “Chorak o’quvchisi” tanlovini o’tkazish “Yil sinfi”, “Yil ’quvchisi” tanlovi g`olibini aniqlash - Maktabda navbatchilikni tashkil etadi, sanitariya-gigiyena tartibini kuzatish bo’yicha tekshiruv olib boradi;
2.7 Prezidentlik kengashi qarorlari barcha sinflar uchun majburiydir. 2.8 Prezidient kengashi yig’ilishlari bayonnoma orqali rasmiylashtiriladi. 2.9 Maktab prezidentlik kengashi faoliyati bilan bog`liq bo`lgan moddiy harajatlar vasiylik kengashi qarori bilan amalga oshiriladi. 3.0 Nizomga o`zgartirish kiritish tartibi Maktab pedagogik kengashi qarori bilan amalga oshiriladi.
O’Z-O’ZINI BOSHQARISH MAKTAB TASHKILOTINING ORGANLARI
VITSE-PREZIDENT
MAKTAB ICHKI ISHLAR VAZIRI
MAKTAB TA’LIM VAZIRI
MAKTAB SPORT VAZIRI
MAKTAB MEXNAT VAZIRI
Tashkilotchilar boshqarmasi
Axborot va Dizayn boshqarmasi
|